Putin Zelenskiy bilan uchrashishga qarshi emas, ammo...

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazishga qarshi emasligini bildirdi, biroq buning uchun muayyan shart-sharoitlar bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Bu haqda u bugun, 7 avgust kuni BAA Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashuvdan so‘ng jurnalistlarning savollariga javob berish chog‘ida aytib o‘tdi. 

Putinning so‘zlariga ko‘ra, u Zelenskiy bilan uchrashuvga “umuman qarshi emas” va bunday uchrashuv “kutilishi mumkin”, ammo buning uchun “muayyan shartlar yaratilishi kerak”. Ayni paytda esa “bu shartlarning amalga oshishiga hali ancha vaqt bor”. 

Shuningdek, Putin AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv bo‘yicha ham ma’lumot bergan. Kreml xabariga ko‘ra, Rossiya va AQSH tomonlari Putin va Tramp o‘rtasidagi uchrashuvni kelasi haftaga rejalashtirgan. Uchrashuv o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan joy haqida savolga javoban Putin jurnalistlarga Birlashgan Arab Amirliklarini “mos joy” sifatida ko‘rsatgan.

Tramp ham 6 avgust kuni Putin va AQSHning maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng, Rossiya rahbari bilan uchrashuv imkoniyati mavjudligini aytgandi. Shuningdek, u Rossiya, Ukraina va AQSH Prezidentlari o‘rtasida uch tomonlama sammit bo‘lish ehtimolini ham tilga olgan. Uitkoff uchrashuvda Zelenskiy ishtirokini ham ko‘tarib chiqqan, biroq Kreml vakili Yuriy Ushakov bu mavzu haqida aniq ma’lumot yo‘qligini bildirgan. 

Eslatib o‘tamiz, 6 avgust kuni Rossiya rahbari Uitkoffni Kremlda qabul qilgandi. Uchrashuv taxminan uch soat davom etgan. Kreml matbuot xizmati uchrashuv tafsilotlarini ochiqlamadi. Rossiya Prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov esa Vladimir Putin Donald Trampning maxsus vakili Uitkoff bilan uchrashuvi chog‘ida Oq uy rahbariga Ukrainadagi mojaroni hal etish bo‘yicha bir nechta signallar yuborganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin BAA Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing