Ikkinchi AQSH-KXDR sammiti yakunida tinchlik shartnomasi imzolanishi mumkin

Olam

image

Bugun, 27 fevral kuni Vetnam poytaxti Xanoy shahrida ikkinchi AQSH-KXDR sammiti boshlandi.

Uchrashuv boshlanishidan avval Donald Tramp Kim Chen In bilan ikkinchi uchrashuvi yakunida AQSH va KXDR o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolanishi mumkinligini ham aytib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, AQSH va KXDR 1950-1953 yillardagi Koreya urushidan beri tinchlik shartnomasini imzolamagan. 1953 yilda KXDR va AQSH boshliq BMT koalitsiyasi faqatgina yarashuv bitimi imzolagan.

KXDR yetakchisi Kim Chen In rasmiy Pxenyan va Vashington birgalikda ishonchsizlik va muammolarni hal qilayotganini aytib o‘tdi. Tramp esa, Kim Chen Inni “buyuk yetakchi” deb maqtadi.

Amerika prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In uchrashuvi Sofitel Legend Metropole mehmonxonasidagi yakkama-yakka suhbatdan boshlandi.

Ikki davlat rahbari 20 daqiqa davom etgan suhbatdan keyin, birgalikda tushlik qildi. Tramp tushlik vaqtida KXDR yetakchisiga jurnalistlar yakkama-yakka uchrashuvda qaysi mavzular ko‘tarilganini bilish uchun pul to‘lashga ham rozi bo‘lishini aytib, hazil qildi.

Kim Chen In va Donald Trampning birgalikdagi tushligi ikki soatga yaqin davom etdi. Tushlikdan keyin har ikki yetakchi o‘z qarorgohlariga qarab yo‘l oldi. Tushlikda amerika tarafdan Davlat kotibi Maykl Pompeo, Oq uy apparati rahbari vazifasini bajaruvchi Mik Malveni, koreya tarafdan Koreya ishchi partiyasi raisi o‘rinbosari Kim Yon Chxol va Tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo ishtirok etdi.

AQSH-KXDR sammitining asosiy muzokaralari ertaga, 28 fevral kuni o‘tishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, birinchi AQSH-KXDR sammiti o‘tgan yili 12 iyun kuni Singapurda bo‘lib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-KXDR V'etnam sammit

Baholaganlar

21

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing