Tramp uzoq talab etilgan qarorni imzoladi. AQSHda politsiya isloh qilinadi

Olam

image
AQSHdagi namoyishlarda harbiylar tomonidan jinoyatga qo‘l urildi north_east

AQSHdagi namoyishlarda harbiylar tomonidan jinoyatga qo‘l urildi

AQSH Prezidenti Donald Tramp 16 iyun kuni politsiyani isloh qilish bo‘yicha qarorni imzoladi. Hujjat huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari tomonidan kuch ishlatish uchun yanada qat’iy qoidalarni nazarda tutadi. Bu haqda Oq uy Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qarorda huquq tartibot idoralari xodimlari tomonidan mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilish amaliyotidan foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida ular uchun federal grantlar ajratish ustuvor vazifa etib belgilandi. Bunday holda, rasmiylar politsiya kuch ishlatganligi to‘g‘risidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqadi. Hujjat odamlarni biografiyasini to‘liq tekshirmasdan turib, politsiyaga ishga yollamaslik uchun davlat idoralari o‘rtasida ma’lumot almashishni yaxshilashga qaratilgan.

"Bu ilgari tashlanmagan katta qadam bo‘ldi. Bo‘g‘ib ushlash usullari taqiqlanadi. Politsiya xodimining hayoti xavf ostida bo‘lgan hollar bundan mustasno", dedi Tramp.

Bundan tashqari, politsiya xodimlari ijtimoiy sohada faoliyat olib boradigan xodimlarga giyohvandlik, doimiy yashash joyi yo‘qligi va ruhiy kasalliklar kabi zo‘ravonliksiz holatlarda yordam beradi. Maqsad AQSHda huquqni muhofaza qilish organlari va fuqarolar o‘rtasida yaxshi munosabatlarni ta’minlashdir.

Tramp, shuningdek, AQSH politsiyasini yanada isloh qilish uchun Qo‘shma Shtatlar Kongressi bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan.

"Amerikaliklar qonun va tartibni istaydi. Ular qonun va tartibni talab qilmoqda. Ular buni aytmasliklari mumkin. Ular bu haqda gaplashmasliklari mumkin, lekin ular buni xohlashadi. Ba’zilar buni xohlashlarini bilishmaydi ham. Ammo ular buni istashadi", dedi Tramp.

Tramp avvalroq Amerika Qo‘shma Shtatlari rasmiylari politsiyani tarqatib yubormasligini yoki uni moliyalashtirishni kamaytirmasligini ma’lum qilgan edi. Politsiyani moliyalashtirishni qisqartirish haqidagi chaqiriqlar ko‘pincha AQSHning Minneapolis shahrida (Minnesota shtati) 46 yoshli afroamerikalik Jorj Floydning o‘limi yuzasidan norozilik namoyishlari paytida tilga olindi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 may kuni Minneapolis politsiyasi afroamerikalik Jorj Floydni hibsga oldi. Qo‘lga olish paytida politsiyachi erkakning bo‘ynini tizzasi bilan bosib turadi. Floyd “men bo‘g‘ilyapman”, deb bir necha marta aytgan. Ammo huquq-tartibot idoralari xodimlari bunga e’tibor bermagan. Oqibatda, erkak reanimatsiyada vafot etgan. Bu AQSHda ommaviy norozilik va tartibsizliklarni keltirib chiqardi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh politsiya

Baholaganlar

111

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing