AQSHdagi namoyishlarda harbiylar tomonidan jinoyatga qo‘l urildi

Olam

image

AQSH Adliya vazirligi norozilik namoyishlari paytida harbiy xizmatchi tomonidan afroamerikalik politsiyachi o‘ldirilganini ma’lum qildi. Bu haqda federal prokuror Devid Anderson gapirib o‘tdi.

May oyi oxirida Kaliforniyada afroamerikalik Jorj Floydning politsiya tomonidan o‘ldirilishi munosabati bilan o‘tkazilgan namoyishda politsiya xodimi Patrik Andervud otib o‘ldirilgan edi. Kecha, 16 iyun kuni havo kuchlari serjanti Stiven Kariloga qarshi qotillik ayblovlari e’lon qilindi. Qotillikda foydalanilgan mashina haydovchisi Robert Jastes ham qotillikka aloqadorlikda ayblangan.

"Pet Andervud forma kiygani uchun o‘ldirilgan", dedi federal prokuror Anderson.

AQSH Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 6 iyun kuni otishma sodir bo‘lgan mashina topilgan. Politsiya Kariloning uyini tintuv qilganida, u pistirmada bir ofitserni otib o‘ldirgan, boshqasini yaralagan. Karilo boshqa mashinada qochishga uringanidan keyin hibsga olingan.

Kariloning uyida AR-15 avtomati va o‘q-dorilar topilgan. Bundan tashqari, u o‘z qoni bilan avtomobilga "ekstremistik mafkura" bilan bog‘liq iboralarni yozgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

332

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing