Tramp uyidan maxfiy hujjatlar topilganiga munosabat bildirdi

Olam

image

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp Federal qidiruv byurosi (FQB) uning Floridadagi qarorgohida tintuv o‘tkazgandan so‘ng, undan tortib olingan hujjatlarni o‘z ixtiyori bilan agentlarga berishga tayyorligini va ular maxfiylikdan chiqarilganini aytdi. Bu haqda Amerika matbuoti yozmoqda.

“Birinchidan, bularning barchasi maxfiylikdan chiqarilgan. Ikkinchidan, ular hech narsani “musodara qilishi” shart emas edi. Ular siyosat o‘ynamasdan va mening Mar-a Lagodagi qarorgohimga kirmasdan xohlagan vaqtda olishlari mumkin edi”, deb yozgan AQSH sobiq Prezidenti Truth Social’da.

Trampga ko‘ra, maxsus xizmat ancha oldin ham istalgan vaqtda hujjatlarni olishi mumkin bo‘lgan. Buning uchun faqat so‘rash yetarli bo‘lgan.

“Eng katta muammo – Prezident Obama bir paytlar Chikagoga olib ketgan 33 million sahifali hujjatlar bilan nima qilishlari, ularning aksariyati maxfiy”, deya qo‘shimcha qilgan u.

Eslatib o‘tamiz, sobiq Prezident Donald Tramp joriy yilning 8 avgust kuni FQB agentlari uning Floridadagi qarorgohida tintuv o‘tkazgani haqida xabar bergandi.

Shundan so‘ng, Federal qidiruv byurosi (FQB) AQSHning sobiq Prezidenti Donald Trampning Floridadagi mulkida yadroviy qurolga oid maxfiy hujjatlarni qidirgani haqida xabarlar tarqaldi. Keyinroq FQB Trampning qarorgohidan 11 ta maxfiy hujjat topgani, ularning orasida “o‘ta maxfiy” tasnifidagi materiallar ham borligi ma’lum bo‘ldi.

Qayd etish kerakki, joriy yil boshida Milliy arxiv Tramp Floridadagi shaxsiy qarorgohiga 15 quti prezidentlik yozuvlarini olib ketganini aytgan edi. Taxminlarga ko‘ra, qutilarda “milliy xavfsizlikka oid maxfiy ma’lumotlar” hamda Tramp va xorijiy davlat rahbarlarining rasmiy yozishmalari bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

241

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing