Tramp urush ortidan prezident bo‘lmoqchimi? U yana 24 soatda mojaroni to‘xtatishini ta’kidladi

Olam

image

AQSHning sobiq rahbari Donald Tramp prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Ukrainadagi vaziyatni bir kunda hal qilishga va’da berdi. Bu haqda u Respublikachilar partiyasi konservativ doiralarining yillik konferensiyasidagi chiqishi oldidan jurnalistlarga aytib o‘tgan.

“Men bu vaziyatni Prezident sifatida 24 soat ichida hal qila olaman. Bu qiyin bo‘lmaydi”, deydi Tramp.

Uning fikricha, buning uchun u Prezident bo‘lishi kerakligini, lavozim zarurligini aytgan. Biroq, Tramp o‘z rejasini qanday amalga oshirishiga aniqlik kiritmagan.

Ma’lumot uchun, Donald Tramp 2024 yil 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan AQSHdagi prezidentlik saylovlarida qatnashish uchun allaqachon o‘z kampaniyasini boshlab yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Tramp urushni 24 soat ichida hal qila olishi haqida gapirib o‘tgandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Tramp saylov urush

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing