Tramp Ukraina urushi haqida bayonot berdi

Olam

image

Bugun, 22 yanvar kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukraina urushi haqida bayonot berdi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirgan.

Tramp o‘z postida Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan tartibga solish jarayoniga oid fikrlarini bir-birini istisno qiluvchi bandlarsiz bayon qilgan.

Shuningdek, Tramp Rossiya xalqiga mehr bilan munosabatda bo‘lishini va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan yaxshi munosabatda ekanini ta’kidlagan.

“Men Rossiyaga zarar yetkazishni rejalashtirmayman, Rossiya xalqini sevaman va har doim Prezident Putin bilan yaxshi munosabatda bo‘lganman”, deb ta’kidlagan Tramp.

Qolaversa, Tramp Rossiyaning Ikkinchi jahon urushidagi roli haqida nihoyatda g‘alati bayonot bergan.

“Rossiya bizga Ikkinchi jahon urushida g‘alaba qozonishimizga yordam berganini, bu jarayonda qariyb 60 million kishining hayotini yo‘qotganini hech qachon unutmasligimiz kerak. Ya’ni, men iqtisodiyoti tanazzulga yuz tutayotgan Rossiyaga va Prezident Putinga juda katta xayrixohlik qilaman. Endi tinchlaning va bu bema’ni urushni to‘xtating!”, degan Tramp.

Trampning ta’kidlashicha, agar Rossiya Qo‘shma Shtatlarga quloq solmasa, Vashington zudlik bilan Rossiyaning AQSHga eksport qilinadigan barcha mahsulotlariga sanksiyalar va bojlar joriy qiladi.

“Agar kelishuvga erishmasak, AQSH Rossiya va boshqa ko‘plab ishtirokchi davlatlarga sotayotgan barcha narsaga yuqori darajadagi soliqlar, bojlar va sanksiyalar joriy qilishdan boshqa iloji qolmaydi”, degan Tramp.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘zining Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili, iste’fodagi general Kit Kellogga Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini 100 kun ichida tugatishni buyurgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing