Tramp Uchinchi jahon urushining oldini olishga va’da berdi

Olam

image

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp dunyo hozir juda yaqin turgan Uchinchi jahon urushining oldini olishga va’da berdi. Bu haqda u kecha, 22 fevral kuni Vashingtonda tarafdorlari oldida qilgan chiqishida so‘z ochdi.

"Men Uchinchi jahon urushining oldini olaman. Biz Uchinchi jahon urushiga juda yaqinmiz va bu urush oldingilariga o‘xshamaydigan urush bo‘ladi", deydi Tramp. 

Shuningdek, u Oq uydagi “Oval kabinetga kelishidan” oldin ham tinchlikni tiklashi, jumladan, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi mojaroni hal etishi mumkinligini ta’kidladi.

Qayd etish joizki, Tramp shu paytgacha bir necha marta agar qayta saylansa, Ukrainadagi mojaroni 24 soat ichida hal qilish niyatida ekanini aytgan.

Ma’lumot uchun, AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovlari noyabr oyida bo‘lib o‘tadi. 2023 yilning 25 aprelida Amerika yetakchisi Jo Bayden oliy hukumat lavozimiga qayta saylanish uchun kurashayotganini ma’lum qildi. Tramp esa 2022 yil noyabr oyida saylovoldi poygasiga kirishini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Tramp Uchinchi jahon urushi "o‘z mas’uliyatini uddalay olmayotgan" AQSHning amaldagi rahbari Jo Baydenning prezidentlik muddati tugamasdan boshlanishi mumkinligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp saylov Jo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing