Tramp TikTok'ni sotib olishga tayyormasligini tan oldi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Xitoyning TikTok dasturini sotib olish bo‘yicha Oracle bitimini imzolashga hali tayyor emasligini tan oldi. Bu haqda u Oq uyda o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Uning ta’kidlashicha, AQSH "ayniqsa, Xitoy haqida gap ketganda" xavfsizlikka muhtoj. 

"Men hech narsani imzolashga tayyor emasman, kelishuvni ko‘rmaganman", dedi Tramp. 

Avvalroq, Amerika Hukumati TikTok'ning Amerika hududidagi ulushi 15 sentyabrgacha sotib olinmasa, uni blokirovka qilishga qaror qilgandi. 

AQSH ma’muriyatining TikTok bilan bog‘liq xavotirlari ijtimoiy tarmoq rahbariyatining targ‘ibot bilan shug‘ullanayotgani va foydalanuvchi ma’lumotlarini Xitoy rasmiylariga o‘tkazayotgani haqidagi da’volar bilan bog‘liq.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp TikTok

Baholaganlar

253

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing