Tramp tanlagan vitse-prezidentlikka nomzodning samolyoti favqulodda qo‘ndi

Olam

image

Respublikachilar partiyasidan AQSH vitse-prezidentligiga nomzod Jeyms Devid Vensning samolyoti avariyaviy qo‘nishni amalga oshirgan. Bu haqda “USA Today ” nashri xabar berdi.

Kampaniya matbuot kotibi Teylor Van Kirkning bayonotiga ko‘ra, Boeing 737 samolyoti havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay eshik bilan bog‘liq muammo sabab Miluoki Mitchell xalqaro aeroportiga qaytib kelgan. Muammo bartaraf etilgach, samolyot o‘zining dastlabki yo‘li bo‘ylab Ogayo shtatidagi Sinsinnati shahriga jo‘nab ketgan.

"Uchuvchi bizga eshik muhrida nosozlik borligini aytdi", deydi kompaniya matbuot kotibi.

Ma’lumot uchun, Jeyms Devid Vens hizmatida bo‘lgan Boeing 737 samolyoti 22 yil avval foydalanishga topshirilgan bo‘lib, Tramp va Vens kampaniyalari undan  yirik tadbirlarga uchish uchun foydalanadi.


Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning sobiq prezidenti va respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampning samolyoti texnik nosozlik tufayli Montanadagi Billings shahri aeroportiga qo‘nishga yo‘naltirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

vitse-prezident

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing