Tramp tahdididan keyin Xitoy kompaniyasi TikTok`dagi ulushini sotishga tushdi

Olam

image

Xitoyning ByteDance kompaniyasi o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan TikTok dasturi AQSHda bloklanmasligi uchun ijtimoiy tarmoqning Amerikadagi bo‘linmsini sotishga qaror qildi.Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.

Xitoy kompaniyasining ulushini barcha uchun yaxshi tanish bo‘lgan Microsoft sotib olmoqchi. U ulushni sotib olgach, ijtimoiy tarmoqning amerikalik foydalanuvchilari ma’lumotlariga javobgar bo‘ladi.

Agentlikning ta’kidlashicha, xitoy kompaniyasi dasturda kichik ulushini saqlab qolishga harakat qilgan, biroq Oq uy bunga rozi bo‘lmagan.

ByteDance`ning bunday qarorga kelishiga AQSH Prezidenti Donald Trampning mamlakatda TikTok faoliyatini cheklashi haqidagi bayonoti sabab bo‘ldi. Bundan avvalroq esa “Bloomberg” o‘z manbasiga asoslanib, Tramp ByteDance kompaniyasini TikTok`dagi ulushidan voz kechishga majbur qilmoqchi ekani haqida xabar bergan edi. Oq uy rahbarining bu dasturga "tish qayrashi"ga kompaniyaning Xitoy rasmiylari bilan til biriktirgani haqidagi taxminlar sabab bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Xitoy TikTok

Baholaganlar

496

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing