Tramp “super-puper raketa“ yaratilishini e’lon qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp “super-puper raketa“sini yaratish boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda u Oq uyda AQSH kosmik kuchlarining yangi bayrog‘ini taqdim etish marosimida aytib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, Tramp qudratli raketa ishlab chiqilishini e’lon qilgan U raketani “super-puper raketasi“ deb atagan.

“Biz hozir misli ko‘rilmagan darajada aql bovar qilmaydigan harbiy jihozlarni yaratmoqdamiz. Bizda tanlov yo‘q, raqiblarimizni hisobga olib, buni qilishimiz kerak. Men buni super-puper raketasi deb atayman. Kecha ishlab chiquvchilar raketa hozirgi mavjudlardan 17 baravar tezroq bo‘lishiga ishontirishdi“ deydi AQSH Prezidenti.

Tramp, shuningdek, o‘z raqiblaridagi raketalarni tariflab o‘tdi. AQSHda ishlab chiqariladigan raketa hammasidan tezroq bo‘lishiga ishontirdi.

“Agar Rossiyada besh baravar tezroq raketalar borligini eshitgan bo‘lsangiz, Xitoy undan besh yoki olti marta tezroq raketalar ustida ishlamoqda. Mamlakatimizda 17 marotaba tezrog‘i ishlab chiqiladi“, deydi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, AQSH va Rossiya yadro raketalarni qisqartirish haqidagi shartnomadan chiqqan. Shundan so‘ng “raketalar poygasi“ qisman boshlangan.

 
 

Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Raketa

Baholaganlar

273

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing