Tramp “sindimi”? Sobiq Prezident vertolyotini sotuvga qo‘ydi

Olam

image

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp o‘zining shaxsiy Sikorsky S76-B vertolyotlaridan birini sotuvga qo‘ydi. Bu haqda TMZ manbalariga asoslanib xabar bergan. 

Manbalarga ko‘ra, Tramp vertolyot narxini ko‘rsatmagan, potensial xaridorlarga narxni o‘zlari aniqlashni taklif qilgan. Portal ma’lumotlariga ko‘ra, bunday vertolyotning narxi taxminan million AQSH dollarini tashkil qiladi. 

Shuningdek, ta’kidlanishicha, Tramp o‘tgan yilning noyabr oyida, prezidentlik davrida yana bir shaxsiy vertolyotini sotuvga qo‘ygan. O‘shanda ham u hozirgidek, potensial xaridorlarni narxni o‘zlari belgilashga taklif qilgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHning sobiq Prezidenti uchta Sikorsky S76-B vertolyotidan tashqari yana bir qancha vertolyotlarga egalik qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, Donald Trampning jamoasi 1 iyul kuni oldindan hech qanday e’lon bermasdan Gettr nomli yangi ijtimoiy tarmoqni ishga tushirgandi.  

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 6 yanvar kuni Trampning tarafdorlari Amerika Kongressi binosiga bostirib kirgandan so‘ng, bir qator ijtimoiy tarmoqlar uning akkauntlarini bloklab qo‘ydi. Trampning asosiy foydalanadigan platformasi bo‘lgan Twitter esa uning sahifasini butun umrga blokladi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp vertolyot

Baholaganlar

255

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing