Tramp Senatdagi respublikachilarni saylov natijalariga qarshi kurashga undaydi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Respublikachilar partiyasidan bo‘lgan senatorlar Prezidentlik uchun kurashni davom ettirishlari va saylov natijalariga qarshi chiqishlari kerak. Bu haqda amaldagi Prezident Donald Tramp o‘zining Twitter sahifasida aytib o‘tdi.

“Respublikachilar senatorlari kuchayib, Prezidentlik uchun kurashish vaqti keldi, agar demokratlar haqiqatan ham g‘alaba qozonishgan bo‘lsa“, deb yozdi Tramp.

Uning ta’kidlashicha, 3 noyabrdagi saylovlarning soxtalashtirilganligi haqidagi dalillarni rad etib bo‘lmaydi. Tramp bunga qayta ovoz berish, vafot etgan amerikaliklarning ham ovozlarini hisoblash va pochta orqali yuborilgan byulletenlardagi soxta imzolarni misol qilib keltirgan.

“Sudlar – yomon. FQB va adolat tizimi o‘z vazifalarini uddalay olmadilar. AQSH saylov tizimi uchinchi dunyo mamlakatlari tizimiga o‘xshaydi”, deya qo‘shimcha qilgan amaldagi Prezident. 

AQSHda Prezident saylovi joriy yilning 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Unda g‘oliblikni Demokratlar partiyasidan nomzod Jo Bayden qo‘lga kiritdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, u 306 ta saylovchilar ovozini, Tramp esa 232 ta ovoz olgan. G‘olib bo‘lish uchun 270 ovoz yetarli edi.

Keyinchalik Jo Baydenning rasman AQSH Prezidenti etib saylangani xabar qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

130

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing