Tramp saylovlarda yengilishi mumkinligini birinchi marta tan oldi

Olam

image

AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp birinchi marta saylovlardan keyin tuziladigan yangi Amerika ma’muriyatiga rahbarlik qilmasligi mumkinligini ochiq e’lon qildi. Bu haqda Oq uyning Twitter sahifasida ma’lum qilingan. 

"Keyingi ma’muriyat qanday bo‘lishini kim biladi? Aftidan, buni vaqt ko‘rsatadi", degan Tramp. 

Oq uyning amaldagi rahbari, shuningdek, uning ma’muriyati koronavirus tufayli karantinga olinmasligiga ishontirgan. Chunki uning ma’muriyatida koronavirusga chalinganlar aniqlangan.

Avvalroq, Trampning bir necha maslahatchilari, u barcha ovozlar natijasi e’lon qilingandan keyin ham prezidentlik saylovlaridagi mag‘lubiyatini tan olmaydi, deb hisoblayotgani xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, AQSHda 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari lavozimiga demokrat Jo Bayden va amaldagi Prezident, respublikachi Donald Tramp da’vogarlik qildi.

7 noyabr kuni Amerikaning yetakchi ommaviy axborot vositalari saylovlarda demokrat Jo Bayden g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Natijalar hali rasman e’lon qilinmagan. Ko‘plab davlatlar ham Baydenni g‘alabasi bilan tabriklab ulgurdi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp saylov

Baholaganlar

117

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing