Tramp sababli vayron bo‘lgan Kapitoliyni tiklashga qancha mablag‘ zarurligi aytildi

Olam

image
image

Joriy yilning 6 yanvar kuni AQSHning sobiq Prezidenti Donald Trampning tarafdorlari tomonidan Amerika Kongressi binosiga uyushtirilgan hujum "qimmatga tushdi". Binoni ta’mirlash ishlari uchun 30 million dollardan ko‘p mablag‘ kerak bo‘ladi. Bu haqda Kapitoliy arxitektori Bret Blentonga asoslanib xabar berilgan.

"Haykallar, devoriy suratlar, tarixiy o‘rindiqlar va asl panjurlar har xil darajada zarar ko‘rgan", degan arxitektor. 

Kongressning Quyi palatasidagi qonun chiqaruvchilar ushbu xarajatlarni qoplash uchun 30 million dollar ajratilishini allaqachon ma’qullagan. 

Blentonning so‘zlariga ko‘ra, binoni ta’mirlash uchun bundan ham ko‘proq pul talab qilinishi mumkin. 

Ma’lumot o‘rnida, 6 yanvar kuni Trampning tarafdorlari parlament saylov natijalarini tasdiqlashi kerak bo‘lgan uchrashuvni to‘xtatib, AQSH Kongressi binosiga bostirib kirdi. 

13 yanvar kuni AQSH Vakillar palatasi Trampning impichmenti to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishga ovoz berdi. AQSH Senati bu jarayonni konstitutsiyaviy deb tan oldi. Tramp sud jarayonida oqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kapitoliy

Baholaganlar

128

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing