"Prezidentlik umr bo‘yi qamoqdan ozod bo‘lishni anglatmaydi”. Sud Trampning iltimosini rad etdi

Olam

image

AQSH okrug sudyasi Tanya Chutkan AQSHning 45-prezidenti Donald Trampning 2021 yil 6 yanvarda Kapitoliyga bostirib kirgani uchun jinoiy ta’qibni bekor qilish haqidagi ikkita iltimosini rad etdi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.

2020 yilgi saylovda mag‘lub bo‘lganidan keyin hokimiyatni saqlab qolishga urinishda ayblangan Tramp prezidentlik daxlsizligidan kelib chiqib, ishni tugatishni so‘ragan.

Ikkinchi petitsiyada u AQSH Konstitutsiyasiga boshqa narsalar qatori so‘z va yig‘ilishlar erkinligini kafolatlaydigan birinchi tuzatishni ilgari surgan. Sudya Tanya Chutkan o‘z qarorida sobiq prezidentlar boshqa fuqarolar singari jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligini aytgan.

Sudyaga ko‘ra, Konstitutsiya sobiq prezidentlar lavozimida bo‘lgan vaqtida sodir etgan jinoyatlari uchun mutlaq daxlsizlikni ta’minlay olmaydi.

"Ishlayotgan prezident qanday immunitetlarga ega bo‘lishidan qat’i nazar, Qo‘shma Shtatlarda faqat bitta rahbar mavjud va bu lavozim umrbod "qamoqdan ozod bo‘lish" kartasi bilan ta’minlanmaydi", deydi sudya o‘z qarorida.

Trampning advokati Todd Blansh sud qaroriga izoh berishdan bosh tortgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning avgust oyida Donald Trampga 2021 yil 6 yanvarda Kapitoliyga bostirib kirishga aloqador federal ayblovlar qo‘yilgan. Federal sudyalar hay’ati unga to‘rtta modda bo‘yicha ayblov e’lon qildi, ulardan ikkitasi 5 yilgacha, yana ikkitasi esa 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutadi. Sobiq prezident o‘z aybini tan olmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Sud Kapitoliy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing