Tramp Rossiyaga sanksiya joriy etishdan bosh tortdi

Olam

image
Tramp Putin bilan 2 soat gaplashdi. Natijalar qanday? north_east

Tramp Putin bilan 2 soat gaplashdi. Natijalar qanday?

Putin Tramp bilan nimaga kelishganini aytdi (video) north_east

Putin Tramp bilan nimaga kelishganini aytdi (video)

AQSH Prezidenti Donald Tramp 19 may kuni rossiyalik mavqedoshi Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatdan so‘ng Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilmasligini ma’lum qildi. Buni u Ukrainadagi urushni tugatish masalasida hali oldinga siljish imkoniyati mavjudligi bilan izohladi.

“Agar siz buni qilsangiz (Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar kiritsangiz), bundan ham yomonroq ish qilishingiz mumkin. Ammo bu sodir bo‘ladigan vaqt kelishi mumkin”, dedi Tramp.

Shu bilan birga, AQSH Prezidenti Putin bilan suhbatdan keyin sezilarli o‘zgarishlar bo‘lishiga ishonch bildirdi.

“Bu yerda katta egolar bor, lekin menimcha, nimadir sodir bo‘ladi”, dedi u Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda.

Donald Tramp, agar muzokaralar “sezilarli taraqqiyot”ga erishmasa, Ukraina atrofidagi mojaroni hal qilishda vositachilik qilishdan bosh tortishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

“Men unga (Putinga) aytdim: biz davom etishimiz kerak. Men aytdim: agar buni qila olmaysiz deb o‘ylasam, chetga chiqaman”, dedi Tramp.

Oq uy rahbari “qizil chiziq” borligini, shundan so‘ng u muzokaralarni rad etishga qaror qilishini ta’kidladi, biroq uning nimalini aytmadi. Unga ko‘ra, bu holda Qo‘shma Shtatlar kelishuvdagi rolini Yevropaga topshiradi.

Tramp, shuningdek, Ukrainadagi urush boshidanoq Yevropa muammosi bo‘lgani va Vashington aralashmasligi kerakligini aytdi.

Tinchlik muzokaralari

Kecha, 19 may kuni AQSH Prezidenti Putin bilan uchinchi telefon muloqotini o‘tkazdi. Uchrashuvdan so‘ng Tramp Rossiya va Ukraina muzokaralarni “darhol” boshlashini aytib, buning shartlarini tomonlarning o‘zlari kelishib olishi kerakligini, chunki “ular hech kim bilmaydigan tafsilotlarni bilishlarini” qo‘shimcha qildi.

Putin, o‘z navbatida, Ukraina bilan bo‘lajak tinchlik shartnomasi bo‘yicha memorandum ustida ishlashga tayyorligini ma’lum qildi, unda kelishuv tamoyillari, tinchlik bitimini tuzish muddatlari va o‘t ochishni to‘xtatish shartlari ko‘rsatilgan.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bunday memorandumni imzolashga ruxsat berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev hujjatning Rossiya variantini Moskvadan kutadi va o‘z variantini tayyorlash niyatida.

Bundan tashqari, Zelenskiy Kiyev kelishuv jarayonining barcha ishtirokchilarining yangi uchrashuvini Turkiya, Shveysariya yoki Vatikanda o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini aytdi.

Shu bilan birga, Zelenskiy Ukraina o‘z hududlaridan qo‘shinlarini olib chiqmasligini yana bir bor tasdiqladi, bu esa Rossiyadan o‘t ochishni to‘xtatish sharti sifatida talab qilmoqda.

“Agar Rossiya qo‘shinlarimizni yerimizdan olib chiqib ketish shartini qo‘ysa, demak, ular urush tugashini istamaydi. Chunki ular Ukraina buni qilmasligini aniq tushunishadi”, dedi u kecha, 19 may kuni kechqurun.

Ukraina Prezidentining fikricha, uning konstitutsiyaviy burchi mamlakat mudofaasini davom ettirishdan iborat.

“Hech qanday ultimatum qo‘yilmaydi, hech kim o‘z yerlarini, o‘z xalqini, uyini tashlab qo‘ymaydi”, deb ta’kidladi u.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing