300 yillik 2 mlrd so‘mga teng noyob madaniy boyliklar chegarada to‘xtatildi

Jamiyat

1ab685b2-2912-6ef4-94ff-72b0376702db_news_

Sirdaryoda umumiy qiymati 2 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan noyob madaniy boyliklarning O‘zbekiston olib chiqib ketilishi to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

“Sirdaryo” chegara bojxona postida shubhali ko‘ringan X.D. boshqaruvidagi Lacetti avtomobili va uning tirkamasidagi yuklar xolislar ishtirokida tekshirilgan.

Natijada, ushbu shaxs deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan, Madaniyat vazirligining tegishli ruxsatnomasi bo‘lmagan, 32 dona turli ko‘rinishdagi haykallar, 1 dona ikona, 1 dona xoch, 12 dona ko‘za hamda 1 dona vazalarni yashirincha olib chiqmoqchi bo‘lganligi aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Badiiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu madaniy boyliklar XVII asr oxiri – XVIII asr boshlarida Xitoy davlati hamda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida G‘arbiy Yevropa davlatlarida ishlab chiqarilganligi va ularning umumiy qiymati 2 milliard so‘mdan ortiqni tashkil etishi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

chegara madaniy boylik

Baholaganlar

36

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing