Tramp “Rodchenkov akti”ga imzo chekdi. Doping mashmashasi boshlanadimi?

Sport

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp kecha, 4 dekabr kuni "Rodchenkov akti"ga imzo chekdi. Hujjatda Amerika ishtirokidagi musobaqalarda doping masalasida til biriktirish holatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortish ko‘zda tutilgan. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar bermoqda.

2019 yilgi “Rodchenkov akti” xalqaro doping firibgarligida ishtirok etgan ayrim shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish va ushbu jinoyatdan jabrlanganlarga tovon puli undirishni nazarda tutadi", deyiladi xabarda.

Trampning bayonotiga binoan, ushbu hujjatning 6-moddasia ko‘ra, “ba’zi bir idoralar, shu jumladan, Adliya vazirligi ushbu aktning 3-moddasida (doping kelishuviga oid) belgilangan qoidabuzarlik bo‘yicha o‘tkazilgan har qanday tekshiruv to‘g‘risida AQSH antidoping agentligiga ma’lumot berishi” talab etiladi.

“Rodchenkov akti” – Butunjahon antidoping agentligi (WADA) asosiy ma’lumot beruvchisi hisoblanadi. U Amerika sportchilari ishtirok etgan barcha musobaqalarda tatbiq etiladi. Biroq qonun WADA kodeksi amal qilmaydigan Shimoliy Amerika professional ligalariga ta’sir qilmaydi. Qonunbuzarlarni 1 million dollargacha jarima va 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi kutmoqda. Doping aniqlangan ayrim sportchilarni javobgarlikka tortish qonunda ko‘zda tutilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp “Rodchenkov akti”

Baholaganlar

19

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing