Tramp Putin bilan 40 daqiqa gaplashdi (video)

Olam

image

Bugun, 19 avgust kuni Rossiya va AQSH Prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasida samimiy va konstruktiv telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov brifingda aytib o‘tdi.

“Suhbat samimiy va juda konstruktiv tarzda o‘tdi”, dedi diplomat.

Putin Trampga mehmondo‘stligi va Alyaskadagi uchrashuvni yaxshi tashkil etgani, shuningdek, uning davomida erishilgan yutuqlar uchun samimiy minnatdorlik bildirgan.

Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, Putin va Tramp telefon orqali muloqotda Moskva va Kiyev o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni davom ettirish tarafdori bo‘lib, ularning darajasini oshirish imkoniyatlarini muhokama qilgan.

“Vladimir Putin va Donald Tramp Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni davom ettirish tarafdori ekanliklarini bildirdi. Shu munosabat bilan, xususan, Ukraina va Rossiya tomonlari vakillari, ya’ni yuqorida qayd etilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda ishtirok etuvchi vakillar darajasini oshirish imkoniyatlarini o‘rganish zarurligi haqidagi fikr muhokama qilindi”, dedi u.

Shuningdek, Putin va Tramp Ukraina inqirozi va boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha bir-birlari bilan yaqindan muloqot qilishni davom ettirishga kelishib olgan.

Rossiya Prezidenti  Amerika yetakchisi bilan suhbatda Ukraina muammosini hal qilish yo‘llarini topishda suhbatdoshining shaxsiy sa’y-harakatlari muhimligini ta’kidlagan. 

“Rossiya Prezidenti Ukrainada uzoq muddatli kelishuvga olib keladigan yechimlarni topishda shaxsan Donald Tramp tomonidan amalga oshirilgan sa’y-harakatlar muhimligini yana bir bor ta’kidladi”, dedi Ushakov.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilish uchun yevropaliklar bilan muzokaralarni to‘xtatganini xabar qilingandi. Keyinroq Ukraina Prezidentining matbuot kotibi Sergey Nikiforov Donald Tramp va Yevropa yetakchilari o‘rtasidagi muzokaralar Oval kabinetda “faqat yetakchilar” formatida qayta boshlanganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing