Tramp muzokaralarni to‘xtatib, Putinga qo‘ng‘iroq qildi – “Bild”

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilish uchun yevropaliklar bilan muzokaralarni to‘xtatdi. Bu haqda Germaniyaning “Bild” nashri xabar berdi.

Tramp Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy hamda Yevropa davlat va hukumat rahbarlari bilan uchrashuvdan so‘ng Rossiya yetakchisiga qo‘ng‘iroq qilishini haqiqatdan ham e’lon qilgan edi.

Prezident Vladimir Zelenskiyning matbuot kotibi Sergey Nikiforovga ko‘ra, Prezident Donald Tramp va Yevropa yetakchilari o‘rtasidagi Oq uyda uchrashuv yakunlangan, ammo yetakchilar muzokaralarni ehtimol boshqa formatda davom ettirish uchun Oq uyda qolmoqda.

Ma’lumot uchun, bugun, 19 avgust kuni Oq uyda Tramp va Zelenskiy Germaniya kansleri Fridrix Mers, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer, Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni, Finlyandiya va Fransiya Prezidentlari Aleksandr Stubb va Emmanuel Makron, shuningdek, NATO Bosh kotibi Mark Ryutte va Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen muzokara o‘tkazdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Evropa Vladimir Putin Donal'd Tramp Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing