Tramp prezidentlikdan ketganidan so‘ng qayerda yashashi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
15 yanvar 2021 12311 1 daqiqa
AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp lavozimidan ketganidan so‘ng Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohida yashashni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Bloomberg" xabar bergan.
Agentlikning ta’kidlashicha, Tramp Palm-Bichdagi qarorgohiga saylangan davlat rahbari Jo Baydenning inauguratsiyasidan biroz oldin ko‘chib o‘tmoqchi.
Shuningdek, hozirgi Prezident Oq uyning amaldagi ba’zi xodimlarini o‘z bo‘ysunuvida qolishini xohlamoqda.
Ma’lumot o‘rnida, AQSHda 2020 yil 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Prezidentlikka asosiy da’vogarlar – demokrat Jo Bayden va amaldagi rahbar, respublikachi Donald Tramp edi.
Ommaviy va saylovchilarning ovoz berish natijalariga ko‘ra, Bayden g‘alaba qozondi, ammo Tramp saylov natijalarini tan olmadi va sudga da’vo qildi.
6 yanvar kuni Trampning tarafdorlari mamlakat poytaxti Vashingtondagi Kapitoliy oldida namoyish uyushtirib, Kongress binosiga bostirib kirdi. Shundan so‘ng bir qator messenjerlar Trampning akkauntlarini blokladi.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust