Tramp prezidentlikdan ketganidan so‘ng ilk bor omma oldida chiqish qiladi 

Olam

image

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp joriy yil 28 fevral kuni Florida shtatining Orlando shahrida bo‘lib o‘tadigan Konservativ siyosiy harakatlar konferensiyasida nutq so‘zlaydi.

Tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, Tramp konferensiyada Respublikachilar partiyasining kelajagi va umuman konservativ harakat haqida gapiradi. 

Eslatib o‘tamiz, Donald Trampga nisbatan ochilgan ikkinchi impichment ishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Senatdagi ovoz berishda ayblov yetarlicha ovoz olmadi va Tramp oqlandi. 

Ma’lumot o‘rnida, sobiq Prezident uning harakatlarini qoralash yoki impichmentini yoqlash uchun ovoz bergan 17 nafar respublikachini, shu jumladan o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida demokrat Jo Baydenni saylov g‘olibi deb e’lon qilgan Senat ozchiliklar yetakchisi Mitch Makkonnellni jahl bilan tanqid qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

konferentsiya Tramp

Baholaganlar

64

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing