Tramp prezidentlik maoshi va pensiyasidan voz kechmoqchi

Olam

image

AQSH prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘lgan Donald Tramp ikkinchi prezidentlik davrida davlat rahbariga tegishli bo‘lgan barcha moddiy manfaatlardan voz kechish niyatida. Bu haqda Tramp NBC News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, u intervyu davomida yiliga 400 ming dollar bo‘lgan prezidentlik maoshini olmasligini va umrbod nafaqasidan ham voz kechishini aytgan.

“Men bir sent ham qabul qilmayman. Bu mening davlat xarajatlarini kamaytirishga qo‘shgan hissamdir”, degan Tramp.

NBC telekanaliga bergan intervyusida Tramp o‘z ishi uchun maosh olmaydigan birinchi AQSH prezidenti bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Ma’lumot uchun, birinchi muddatida Tramp prezidentlik maoshidan voz kechib, mablag‘larni xayriya va turli dasturlarga, jumladan, milliy bog‘larni muhofaza qilishga yo‘naltirgan edi. U maosh olmasdan turib ham AQSHning eng boy odamlaridan biri sanaladi. “Forbes" ma’lumotlariga ko‘ra, uning boyligi 2,3 milliard dollarga baholangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tesla, SpaceX va X ijtimoiy tarmog‘i egasi Ilon Mask Donald Trampning Oq uyga qaytishiga yordam berish uchun qariyb 260 million dollar sarflagandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh maosh Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing