Tramp Prezidentligining so‘nggi kuni uchun reja tuzib qo‘ygan – OAV

Olam

image

AQSHning amaldagi Prezidenti, respublikachi Donald Tramp ertaga, 19 yanvar kuni 100 ga yaqin kishini afv etishini e’lon qilmoqchi. Bu haqda "CNN" xabar bergan. 

Manbaga ko‘ra, Prezident Amerika ommaviy axborot vositalari ilgari ma’lum qilganidek, o‘zini kechirishni rejalashtirmayapti. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp o‘tgan hafta oxirida va 19 yanvar kuni ikki guruh odamlarning Prezident tomonidan afv etilishini e’lon qilmoqchi bo‘lgan. 

Ammo Vashingtondagi tartibsizliklar orasida Tramp rejalarini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘lgan. 

Endi Trampning Jo Baydenning inauguratsiyasi arafasida 100 ga yaqin odamni birdaniga afv etish to‘g‘risida e’lon qilishi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, saylangan Prezidentning inauguratsiya marosimi 20 yanvar kuni, an’anaga ko‘ra, tushda o‘tkaziladi. 

Shuningdek, senatorlar 20 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:00da (Toshkent vaqti bilan 23:00) Trampga qarshi ayblovlarni ko‘rib chiqishni boshlashlari mumkin. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tramp

Baholaganlar

302

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing