Tramp Pensilvaniyada g‘olib bo‘lishiga ishonmoqda. Bundan foyda bormi?

Olam

image

AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp Pensilvaniya shtatidagi prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqishini e’lon qildi. Bu haqda u o‘zining Twitter sahifasida yozgan.

Oq uyning amaldagi rahbari ushbu shtatda g‘alaba qozonishiga sabab qilib, Filadelfiya va Pittsburgdagi 700 mingta byulletenlar ko‘rilmaganini ko‘rsatgan. 

"Bu buyuk Konstitutsiyamizga muvofiq Pensilvaniya shtatida g‘olib chiqishimizni anglatadi", deb yozgan Tramp.

Ma’lumot o‘rnida, demokratlardan prezidentlikka nomzod Jo Bayden saylovlarda 50,9 foiz ovoz to‘plagan. Ya’ni, unga 78 million 187 ming 479 kishi ovoz bergan. 

Respublikachi Tramp esa 47,3 foiz ovoz yig‘gan. 72 million 767 ming 368 saylovchi Trampga ovoz bergan.

Saylovchilar kollegiyasida esa Bayden 306 ta, Tramp 232 ta ovoz to‘plagan. 

Tramp Pensilvaniya shtatida 20 tagacha ovoz yig‘ishi mumkinligini inobatga olsak, uning ushbu shtatda g‘olib bo‘lishi saylovlarda g‘alaba qozonishini ta’minlay olmaydi.

Avvalroq, Pensilvaniya shtatining apellyatsiya sudi Trampning shtab-kvartirasining yakuniy saylov natijalariga pochta orqali olingan byulletenlarning bir qismini kiritmaslik to‘g‘risidagi da’vosini qo‘llab-quvvatlagandi. 

Ma’lumot uchun, AQSHda 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari lavozimiga demokrat Jo Bayden va amaldagi Prezident, respublikachi Donald Tramp da’vogarlik qildi.

7 noyabr kuni Amerikaning yetakchi ommaviy axborot vositalari ABC News, CNN, AP va NBC saylovlarda demokrat Jo Bayden g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Natijalar hali rasman e’lon qilinmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp saylov

Baholaganlar

225

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing