Tramp partiya tuzmoqchi emas. Uning rejasi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
25 yanvar 2021
7301AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp yangi partiya tuzishni rejalashtirmagan, u 2022 yilda bo‘lib o‘tadigan AQSH Kongressining oraliq saylovlarida respublikachilarga
yordam beradi. Bu haqda siyosatchining maslahatchisi Jeyson Millerga asoslanib xabar berilgan.
Avvalroq, Tramp so‘nggi kunlarda "Vatanparvarlik partiyasi" deb nomlashni istagan yangi siyosiy partiyani yaratish masalasini muhokama qilayotgani haqida xabar berilgan edi.
"Tramp uning 2022 yildagi maqsadi Vakillar Palatasi va Senatni respublikachilarga qaytarish ekanini aniq aytdi", degan Miller.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu borada hech qanday yashirincha ishlar qilish rejalashtirilmagan.
Ma’lumot uchun, Tramp 20 yanvar kuni Oq uyni tark etdi. O‘sha kuni yangi Prezident Jo Baydenning inauguratsiya marosimi o‘tkazildi va u rasman AQSH Prezidenti bo‘ldi.
LiveBarchasi