Tramp Olimpiada ochilish marosimini keskin tanqid qildi

Sport

image

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Parijda 2024 yilgi Olimpiadaning ochilish marosimini tanqid qildi.

Marosim 26 iyul kuni bo‘lib o‘tdi. Tadbirning alohida sahnalari jamoatchilik tomonidan keskin tanqidga uchradi.

“Ochilish marosimini rostdan ham sharmandali bo‘ldi, deb ayta olaman. Men hech narsaga qarshi emasman va juda keng fikrli odamman, lekin Olimpiadadagi chiqishlar juda uyatli edi”, deydi siyosatchi.

Tramp, shuningdek, agar u prezidentlikka qayta saylansa, bunday imkoniyat tug‘ilsa, 2028 yilgi Los-Anjelesdagi Olimpiadaning ochilish marosimiga qanday ta’sir qilishi haqidagi savolga javob berdi.

“AQSHdagi Olimpiadada Parijdagidek bo‘lmaydi. Fransiyadagi marosim qabul qilib bo‘lmaydigan darajada sharmandali bo‘ldi. Olimpiada ochilishidagi sahna ko‘rinishlar ko‘pchilikni g‘azablantirdi”, deydi Tramp.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Los-Anjeles

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made