Tramp Oq uyga qaytmasdan xalqaro munosabatlarga ta’sir qila boshladi – “Bloomberg”
Olam
−
09 noyabr
8296AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Oq uy boshqaruvini faqat 2025 yilning 20 yanvarida egallaydi, biroq u hozirdanoq xalqaro munosabatlarga, xususan, Ukraina va Isroilga ta’sir o‘tkazmoqda. Bu haqda kecha, 8 noyabr kuni “Bloomberg” agentligi xabar berdi.
Tramp ma’muriyatining sobiq amaldorlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, bo‘lajak prezident xalqaro munosabatlardagi qarashlarni o‘zgartiradi, chunki u hozirgi Amerika yetakchisi Jo Baydendan qattiqqo‘lroq hisoblanadi.
“Shu sababli, AQSH muxoliflari o‘z siyosatlarini oldindan o‘zgartirishni boshlashlari mumkin”, deya qayd etadi nashr.
Ba’zi mamlakatlar yangi ma’muriyatdan "qasos olish" qo‘rquviga asoslanadi, boshqalari esa Bayden prezidentlikdan ketishiga qadar qolgan vaqtdan foydalanishga harakat qiladi.
“Amerika ma’muriyatining bo‘lajak o‘zgarishi eng ko‘p Ukraina va Isroilga ta’sir qiladi”, deb hisoblaydi “Bloomberg”.
Vashington Atlantika Kengashi eksperti Shelbi Magid Trampning g‘alabasi “Ukrainaning ritorikasini va muzokaralar haqidagi qarashlarini o‘zgartirdi”, deb hisoblaydi. Uning ta’kidlashicha, Ukraina “Tramp g‘alabasidan so‘ng muzokaralar haqiqat ekanligini tan olishga intilmoqda”.
“Isroilga kelsak, AQSH vitse-prezidenti Kamola Harrisning g‘alabasi yahudiy Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni inauguratsiya oldidan biroz yon bosishga undashi mumkin edi, Trampning g‘alabasi esa Yaqin Sharqdagi mojaroga yondashuvida Bosh vazirni mustahkamladi”, deb yozadi “Bloomberg”.
Respublikachi Tramp 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda raqibi Demokratik partiya vakili Harrisni mag‘lub etdi. Bundan tashqari, respublikachilar AQSH Senati ustidan nazoratni o‘z qo‘liga olishga muvaffaq bo‘ldi. Hozirda mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, respublikachilar ham Vakillar palatasida ko‘pchilikni qo‘lga kiritishi mumkin.
Harris 2021 yilning yanvaridan beri AQSH vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda. Tramp inauguratsiya esa 2025 yil 20 yanvarda bo‘ladi va u Oq uyga qaytadi.
LiveBarchasi