Tramp Oq uydan ketganidan keyingi ilk kunni qanday o‘tkazdi?

Olam

image

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp Oq uydan ketganidan keyingi birinchi kunni Florida shtatidagi golf maydonida o‘tkazdi. Bu haqda "The Washington Examiner"ga asoslanib xabar berilgan. 

Trampning golf o‘ynashni yaxshi ko‘rishi ko‘pchilikka ayon. U prezidentlik davrida ham shaxsiy golf kurortida tez-tez dam olib turgan. 

Trampning u bilan golf o‘ynagan tanishlari uning yoshi va bu borada professional emasligini hisobga olib, uning o‘yin darajasini yuqori deb baholashadi.

20 yanvar kuni Tramp rafiqasi Melaniya bilan birga Vashingtondan Florida tomon uchib, Oq uyni AQSHning yangi Prezidenti Jo Baydenga topshirgandi. 

AQSHda 2020 yil 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Prezidentlikka asosiy da’vogarlar – demokrat Jo Bayden va respublikachi Donald Tramp edi. Ommaviy ovoz berish va saylovchilarning ovoz berish natijalariga ko‘ra, Bayden g‘alaba qozondi, ammo Tramp saylov natijalarini tan olmadi va sudlarga da’vo qildi.

6 yanvar kuni Trampning tarafdorlari mamlakat poytaxti Vashingtondagi Kapitoliy oldida namoyish uyushtirib, Kongress binosiga bostirib kirdi. Kapitoliyga hujum fonida Trampga ikkinchi impichment e’lon qilindi. Shundan so‘ng, bir qator messenjerlar ham Trampning akkauntlarini blokladi.

O‘sha kuni bu voqealardan avvalroq Tramp Vashingtonda tarafdorlari bilan uchrashib, unda to‘planganlarni Kapitoliyga kelib, qonun chiqaruvchilarga “o‘g‘irlangan saylovlar” bo‘yicha o‘z noroziliklarini bildirishga chaqirgan. 

Tramp vakillar palatasi ikki marta impichment e’lon qilgan AQSH tarixidagi birinchi Prezident bo‘ldi. Trampga 2019 yil dekabrida birinchi marta impichment e’lon qilingandi. O‘shanda kongressmenlar Trampni hokimiyatni suiiste’mol qilish va kongress o‘tkazgan tergovga to‘sqinlik qilishda ayblashgan. Biroq Senat Trampni oqlagandi.

20 yanvar kuni Vashingtonda AQSH Prezidenti Jo Bayden va vitse-prezident Kamola Harrisning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shundan so‘ng, Bayden rasman AQSHning 46-prezidenti bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp

Baholaganlar

434

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing