Tramp Oq uyda o‘tkaziladigan ilk UFC jangi sanasini e’lon qildi

Sport

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Oq uyda o‘tkaziladigan ilk UFC jangi 2026 yil 14 iyun kuni bo‘lib o‘tishini aytdi. Bu haqda “The Hill” xabar berdi. 

“Kelgusi yilning 14 iyun kuni biz Oq uy maydonida katta UFC jangini o‘tkazamiz”, dedi Tramp.

Qizig‘i shundaki, 14 iyun kuni AQSH rahbari o‘zining 80 yoshini nishonlaydi.

Mazkur tadbir 2026 yilda nishonlanadigan AQSH Mustaqillik Deklaratsiyasi imzolanganining 250 yilligi munosabati bilan “America 250” dasturining keng qamrovli tadbirlari qatoriga kiritilishi rejalashtirilgan.

Qayd etish joiz, Donald Trampning UCF prezidenti Dana Uayt bilan aloqalari yaxshi. U 2024 yilgi saylovda Trampning asosiy tarafdorlaridan biri bo‘lgan. Shuningdek, Tramp UFC jangini bevosita tomosha qilgan AQSH Prezident hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning avgustida Donald Tramp UFC jangchisi Jastin Getjni golf o‘yiniga taklif qilgan. Shuningdek, 2020 yilgi saylov kompaniyasi doirasida Nevada shtatida nutqida rossiyalik sportchi Xabib Nurmuhamedov va amerikalik Jastin Getji o‘rtasidagi jangni tomosha qilishini aytgan.

Mohichehra Qadamova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Donal'd Tramp UFC Oq uyda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing