Tramp Oq uyda bayonot berdi va barchani tabrikladi
Olam
−
25 noyabr 2020
11417AQSH Prezidenti Donald Tramp Dow Jones fond indeksining mutlaq xayratomuz ko‘rsatkichi bilan mamlakat aholisi va o‘z ma’muriyati xodimlarini tabrikladi. Bu haqda u Oq uydagi avvaldan rejalashtirilmagan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, 24 noyabr kuni Dow Jones indeksi ilk bor 30 ming punktlik ko‘rsatkichdan o‘tdi.
Bir daqiqadan kamroq davom etgan bayonotida Tramp koronavirusga qarshi vaksina tayyorlash borasida yaxshi natijalarga erishilganini aytadi va Dow Jones indeksini tabrikladi.
“Dow Jones indeksi (ishlab chiqarish hajmini hisoblovchi AQSH milliy indeksi) rekord darajada yuqorilab, 30 ming punktga yetgani bilan tabriklayman. Bu bizning ma’muriyat erishgan yutuq va bu ko‘rsatkich bilan avvalo amerikaliklarni tabriklamoqchiman. Barchangizga rahmat”, deya nutqini tamomlagan Tramp.
Qayd etish kerakki, Dow Jones va bosha amerika fond indekslari koronavirusga qarshi vaksina sinovlari muvaffaqiyatli bo‘lgani haqidagi xabardan keyin rekord darajada o‘sdi. Bu xabar investorlarni ruhlantirdi. Shuningdek, Tramp o‘z ma’muriyatiga hokimiyatni topshirish jarayonini boshlashga ko‘rsatma bergani ham umumiy holatga ijobiy ta’sir qildi.
Avvalroq, Tramp o‘z ma’muriyati va shtabiga hokimiyatni saylangan Prezdent Jo Baydenga topshirish jarayonini boshlashga ko‘rsatma bergani xabar qilingandi.
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023