Tramp Netanyaxu bilan gaplashdi

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali “his-tuyg‘uga boy” va iliq suhbat o‘tkazdi. Bu haqida “The Times of Israel” nashri xabar berdi.

Isroil Bosh vaziri kanselyariyasining ma’lum qilishicha, suhbat davomida Netanyaxu Trampni Isroil parlamenti – Knessetda nutq so‘zlashga taklif qilgan.

“Ular juda hissiyotli va iliq suhbat o‘tkazdi, bir-birlarini tarixiy yutuq – barcha garovdagilarni ozod etish bo‘yicha kelishuv imzolanganligi bilan tabrikladi”, deyiladi xabarda. 

Netanyaxu Trampga ko‘rsatgan yordami va global yetakchiligi uchun minnatdorlik bildirgan, Tramp esa Netanyaxuning qat’iy siyosati va ko‘rgan choralari uchun uni maqtagan.

Alohida bayonotida Netanyaxu HAMAS bilan tuzilgan kelishuvni “diplomatik muvaffaqiyat va Isroilning milliy axloqiy g‘alabasi” deb atagan va endi barcha garovdagilar qaytarilishini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Isroil va HAMAS o‘rtasida tinchlik rejasining birinchi bosqichi doirasida kelishuv imzolangani haqida xabar bergandi. Kelishuvga ko‘ra, HAMAS barcha garovdagilarni ozod etishga majbur, Isroil esa o‘z qo‘shinlarini kelishilgan chiziqqacha olib chiqadi – bu uzoq muddatli va barqaror tinchlikka birinchi qadam sifatida ko‘rilmoqda.

Mazkur tinchlik rejasi Tramp tomonidan Netanyaxuga sentyabr oxirida taqdim etilgan bo‘lib, hujjat nusxasi OAVga sizdirilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp HAMAS Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing