Tramp NATO davlatlariga ultimatum qo‘ydi – “Speagel”
Olam
−
03 may 10571 1 daqiqa
Amerika tomoni, agar Yevropadagi ittifoqchilar mudofaa xarajatlarini oshirmasa, AQSH Prezidenti Donald Tramp NATOning iyun oyida Gaagadagi sammitida qatnashmasligi mumkinligi bilan tahdid qildi. Bu haqda “Der Speagel” jurnali xabar berdi.
Unga ko‘ra, AQSHning NATOdagi doimiy vakili Metyu Uitaker Yevropa davlatlaridan Bryusseldagi deyarli har bir yig‘ilishda mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning 5 foizigacha oshirishga rozi bo‘lishini talab qilmoqda.
“Avvaliga nemislar amerikaliklar 5% xarajat haqida jiddiy emas, bu shunchaki muzokara taktikasi deb o‘ylashdi. Endi esa ular Uitakerning NATO davlatlari pul masalasida harakat qilmasa, Trampni iyundagi sammitga kiritmaslik bilan tahdid qilgandagi gapiga ham ishonmoqda”, deb yozadi nashr.
Avvalroq “Reuters” agentligi alyansdagi diplomatik manbalarga tayanib, Gaagadagi sammitda NATO Bosh kotibi Mark Ryutte Trampga NATO davlatlarining harbiy xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning hozirgi 2 foizidan 5 foizigacha oshirish bo‘yicha “ikki bosqichli reja”ni taklif qilishini ma’lum qilgandi. Agar reja AQSH tomonidan qabul qilinsa va iyun oyi oxiridagi sammitda ma’qullansa, u ittifoqchi davlatlar uchun hozirgi 2 foiz o‘rniga yangi nishonga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Davlat departamenti byudjetini ikki baravarga qisqartirishni, diplomatlar va elchixonalar sonini, xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va NATOni moliyalashtirishni kamaytirishni taklif qilgandi.