Tramp Nyu-Meksiko nomini “Yangi Amerika”ga o‘zgartirmoqchi
Olam
−
08:23 476 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Nyu-Meksiko shtati nomini “Yangi Amerika” (New America) deb o‘zgartirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda u kecha, 7 sentyabr – Mehnat kuni munosabati bilan ijtimoiy tarmoqda shtat xaritasining nomi o‘zgartirilgan bir nechta variantini joylash orqali ma’lum qildi.
Tramp 6 sentyabr kuni shtat nomini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar olganini va bu g‘oya unga ma’qul kelganini aytgan. U yangi nom shtat uchun “ancha nufuzli va chiroyli” bo‘lishini ta’kidlagan.
AQSH Prezidentining bu tashabbusi Meksika bilan savdo muzokaralari keskinlashayotgan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda.
Tramp avval ham geografik nomni o‘zgartirish tashabbusi bilan chiqqan. Xususan, Kanada bilan savdo muzokaralaridan natija chiqmaganidan keyin o‘tgan oy Ontario ko‘lini “Amerika ko‘li” deb atash g‘oyasini ilgari surgandi.
Biroq AQSH federal hukumati shtat nomini o‘zgartirish vakolatiga ega emas.
Nyu-Meksiko shtatiga 2019 yil 1 yanvardan beri demokrat Mishel Luxan Grishem gubernatorlik qilmoqda. U 2022 yilda qayta saylangan.
Gubernator Trampning taklifiga munosabat bildirib, Nyu-Meksiko nomi muhokama uchun mavzu emasligini aytgan. U shtat nomi AQSH tashkil topishidan ham avval mavjud bo‘lganini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Hormuz bo‘g‘ozini “Tramp bo‘g‘ozi” deb qayta nomlashni taklif qilgandi.
Live
Barchasi