Tramp musulmonlarni tabrikladi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘zining tabrik maktubida musulmonlarni  Ramazon hayiti bilan qutladi. Bu haqda Oq uy Matbuot xizmati xabar berdi.

Tramp tabrikni o‘zi va turmush o‘rtog‘i Melaniya nomidan yo‘llagan.

“Melaniya men bilan birga Iyd al-Fitr munosabati bilan eng samimiy tilaklarni tilayapti.

Muborak Ramazon oyi oxirida musulmonlar namoz va fikrlash orqali Hayitni nishonlaydi. Ushbu muqaddas kun Qo‘shma Shtatlarda ham, butun dunyoda ham musulmonlarga,  kam ta’minlanganlarga yordam berishga, Xudoga bo‘lgan iymonlarini mustahkamlashga va boshqalar bilan ibodat qilishda va muloqotda bo‘lishga o‘zlarining sadoqatini tiklashga imkoniyat beradi.

Umid qilamizki, bu kun ushbu bayramni nishonlayotgan barcha kishilarga quvonch va tinchlik keltiradi va biz butun dunyodagi jamoalar Xudoning sevgisi, kechirimi va yaxshi niyatlarini his qilishi uchun duo qilamiz. Hayit muborak”, deyiladi Trampning tabrigida.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp tabrik Ramazon hayiti

Baholaganlar

19

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing