Tramp muhojirlarning ketishi uchun ularga bilet va pul bermoqchi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp AQSHdagi noqonuniy muhojirlar uchun “o‘zini o‘zi deportatsiya qilish” dasturini ishga tushirishni taklif qildi. Bu haqda kecha, 15 aprel kuni Oq uy rahbari “Fox News”ga berga intervyusida so‘z ochdi.

Ma’lum qilinishicha, yangi dastur bo‘yicha muhojirlar mamlakatdan ixtiyoriy ravishda moliyaviy yordam bilan chiqib ketishi kerak.

Qo‘shimcha qilinishicha, “O‘z-o‘zini deportatsiya qilish” deb nomlangan tashabbus kelajakda AQSHga qonuniy asosda qaytish imkoniyatini ham nazarda tutadi.

Ushbu dasturga ko‘ra, ixtiyoriy chiqib ketmoqchi bo‘lgan muhojirlarga pul yordami va vatanga qaytish uchun samolyot chiptasi taqdim etilishi mumkin. Shu bilan birga, agar ma’lum shartlar bajarilsa, rasmiylar ularning AQSHga qayta kirishini ko‘rib chiqishga tayyor.

“Biz ularga ozgina pul va samolyot chiptasini beramiz, keyin ular bilan ishlaymiz. Agar ular o‘zini yaxshi tutsa va biz ularning qaytishini istasak, ularni imkon qadar tezroq qaytarish uchun harakat qilamiz”, degan Tramp.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati prezidentligining birinchi yilida 1 milliongacha muhojirni deportatsiya qilmoqchiligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Oq uy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing