Tramp Moliya vazirini Zelenskiyning oldiga yubordi
Olam
−
12 fevral 2025 4120 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp AQSH Moliya vaziri Skott Bessentni Ukrainaga yubordi. Bu haqda davlat rahbari kecha, 11 fevral kuni o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.
Trampning yozishicha, AQSH Moliya vaziri Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashish maqsadida mamlakatga tashrif buyurgan.
Trampga ko‘ra, Rossiya-Ukraina mojarosi tez orada tugatilishi kerak, chunki bu ko‘plab vayronagarchiliklar va qurbonlar keltirmoqda.
“Ukraina mojarosi tugashi kerak va u tez orada tugaydi”, deya yozgan u.
AQSH Prezidentining qo‘shimcha qilishicha, Vashington dunyo mojarolarida milliardlab dollar sarflab kelmoqda.
“Amerika kuchli bo‘lsa, dunyo tinch bo‘ladi”, degan u.
Ma’lumot uchun, Tramp Skott Bessentni joriy yilning 28 yanvar kuni AQSH Moliya vaziri lavozimiga tayinlagan. 62 yoshli Bessentning muhim siyosiy lavozimlarda tajribasi yo‘q – u Key Square Management investitsiya fondini boshqaradi. 2011 yildan 2015 yilgacha u magnat Jorj Soros tomonidan asos solingan eng yirik investitsiya boshqaruv fondlaridan biri – Soros Fund Management'da bosh investitsiya direktori lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Rossiya Federatsiyasi tomonidan harbiy tajovuzga uchragan Ukraina “bir kun Rossiyaniki bo‘lib qolishi mumkin”ligini istisno etmagandi. Shuningdek, u Ukrainaning tabiiy resurslari, xususan, noyob tuproq metallari evaziga Ukrainaga Amerika yordamini taqdim etish taklifini takrorlagandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025