Tramp pedofiliyadagi tuhmat uchun WSJ’dan pul talab qildi

Olam

image
Trampning jinoyatchi Epshteynga aloqasi borligi aytildi north_east

Trampning jinoyatchi Epshteynga aloqasi borligi aytildi

Oq uy rahbari Donald Tramp mediamagnat Rupert Merdok va voyaga yetmaganlarni tahqirlashda ayblanayotgan amerikalik moliyachi Jeffri Epshteynga yozgan maktubi haqida maqola yozgan WSJ gazetasining ikki jurnalistidan tuhmat va obro‘siga ziyon yetkazganlik uchun 20 milliard dollar talab qildi. Bu haqda “Bild” xabar berdi.

Gap shundaki, oldinroq “The Wall Street Journal” nashri Epshteynning 50 yillik yubileyi munosabati bilan tayyorlangan albomni ko‘rib chiqqani haqida maqola e’lon qilgan edi. Nashrning yozishicha, Tramp moliyachining yubileyiga yalang‘och ayolning qo‘lda chizilgan suratini sovg‘a sifatida yuborgan. Rasm bilan birga tabrik maktubi ham bo‘lgan. Tramp bunga quyidagicha javob qaytargan:

“Men hayotimda hech qachon rasm chizmaganman. Ayollarni chizmayman”.

Biroq, WSJ maqolasida boshqa shartli dalillar ham qayd etilgan. Masalan, Ogayo shtatining xayriya tashkiloti direktori Loeri Lokard CNN telekanaliga 2004 yilda u Trampdan auksion uchun ikkita imzolangan chizma olganini, ularning ikkalasida ham Nyu-Yorkdagi osmono‘par bino tasvirlanganini aytdi.

Bundan tashqari, AQSH Prezidentining ba’zi asarlari allaqachon o‘n minglab dollarlarga sotilgan. 2017 yilda Trampning shahar panoramasi tasvirlangan chizmalaridan biri auksionda 29 ming dollarga sotilgan bo‘lsa, daraxt va qulayotgan pullar tasvirlangan ikkinchisi 8500 dollarga sotilgan. Shunga qaramay, Tramp vakillari ayblovlar yolg‘on ekanini ta’kidlab keladi.

Ma’lumot uchun, Epshteyn Nyu-York shtati huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan 2019 yil 6 iyulda hibsga olingan. Prokurorlar Epshteyn 2002 yildan 2005 yilgacha o‘nlab voyaga etmagan qizlarni (ularning eng kichigi 14 yoshda bo‘lgan) Manxettendagi uyiga olib kelganini tasdiqlovchi dalil borligini aytdi.

Epshteynning do‘stlari va tanishlari orasida nafaqat Qo‘shma Shtatlardagi, balki boshqa ko‘plab mamlakatlardagi amaldagi va nafaqadagi amaldorlar, jumladan, sobiq davlat rahbarlari, yirik tadbirkorlar va shou-biznes yulduzlari ham bor edi. 2019 yil 10 avgustda qamoqxona kamerasida o‘z joniga qasd qilgandan so‘ng, AQSHda moliyachiga nisbatan jinoiy ta’qib qilish to‘xtatildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp mediamagnat Rupert Merdokni tuhmatda ayblab, sudga da’vo qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp WSJ Jeffri Epshteyn Rupert Merdok

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing