Trampning jinoyatchi Epshteynga aloqasi borligi aytildi

Olam

image

Tesla hamda SpaceX kompaniyalari egasi, Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) sobiq rahbari, amerikalik milliarder Ilon Mask AQSH Prezidenti Donald Tramp “Epshteyn fayllari”da borligini aytdi. Bu haqda u X sahifasida yozdi.

“Haqiqiy “bomba” tashlash vaqti keldi. Bu ular hech qachon nashr etilmaganining asl sababidir”, deya yozgan Mask Trampga qarata.

Epshteyn fayllari moliyachi Jeffri Epshteynning hujjatlaridir. U birinchi marta 2006 yilda ayblangan, fohishalikni tashkil qilishda aybini tan olgan va voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda ayblangan. Milliarder 2019 yilning yozida AQSHda yana qo‘lga olindi. U qizlar, jumladan, 14 yoshli bolalar savdosi va ularni fohishalikka undashda ayblangan edi.

2019 yilda Epshteyn o‘nlab voyaga etmagan qizlarni jinsiy ekspluatatsiya qilish va zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ygan jinoiy tuzilmani tashkil qilishda ayblangan edi. Uning qurbonlari 14 yoshda edi. Odam savdosi biznesi bo‘yicha asosan 2002 yildan 2005 yilgacha faoliyat yuritgan. Bundan tashqari, Epshteyn guvohlarga pora berganlikda gumon qilingan.

2008 yilda u bolalarga zo‘ravonlik qilganlikda ayblangan. Moliyachi qizlarga intim xizmatlari uchun pul to‘lagani va ularni sotishi mumkinligi isbotlangan. O‘shanda uning advokatlari yengil jazo olishga muvaffaq bo‘ldi – bu odam atigi 13 oyni qamoqda o‘tkazdi va unga kuniga 12 soat, haftasiga 6 kun qamoqdan chiqib, Floridadagi ofisida ishlashga ruxsat berildi.

2019 yilda, moliyachi hibsga olinganida, “The New York Times” gazetasining yozishicha, sud bitimidan oldin Epshteynning ko‘plab nufuzli do‘stlari orasida jumladan Tramp, sobiq prezident Bill Klinton va boshqalar bo‘lgan.

Hibsga olinganidan so‘ng, Epshteyn qo‘yilgan ayblovlarni tan olmadi va hibsga olinganidan bir oy o‘tib o‘z joniga qasd qildi. Agar aybi isbotlansa, u 45 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin edi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Donald Tramp va Tesla hamda SpaceX kompaniyalari egasi, Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) sobiq rahbari Ilon Mask kecha, 5 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali janjallashdi. Buning ortidan Mask bir kunda deyarli 34 milliard dollar, Tramp esa 1 milliard dollardan ko‘proq daromadini yo‘qotdi.  


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Ilon Mask Jeffri Epshteyn

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing