Tramp ma’muriyati Rossiyadagi ikkita konsullikni yopishga qaror qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Kongressga Rossiyadagi Amerikaning ikkita konsulligini yopish haqida ma’lum qilgan. Bu haqda AP xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, 10 dekabr kuni Davlat departamenti kongressmenlarga Vladivostokdagi konsullikni butunlay yopib qo‘yishini va Yekaterinburgdagi konsullik o‘z ishini to‘xtatishini aytgan.

Agentlikning xabarnoma nusxasiga asoslanib, xabar berishicha, yopilish Rossiya Hukumatining 2017 yilda Rossiyada ishlashga ruxsat berilgan amerikalik diplomatlar sonini cheklash to‘g‘risidagi qarori bilan bog‘liq. Qaror shu sababli paydo bo‘lgan kadrlar muammosiga javob tariqasida qabul qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya

Baholaganlar

70

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing