Tramp ma’muriyati Grenlandiyani qo‘lga kiritish uchun imkoniyatlar beradigan loyiha tayyorladi

Olam

image

AQSH Vakillar palatasidagi respublikachilar saylangan prezident Donald Trampga Grenlandiyani qo‘lga kiritish uchun yuridik imkoniyatlar beradigan loyihasini tayyorladi. Bu haqda “Fox News” xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu qonun 20 yanvar kuni tushdan keyin, Tramp qasamyod qilishi kerak bo‘lgan paytda Daniya bilan muzokaraga kirishishga imkon beradi.

“Qo‘shma Shtatlar tomonidan Grenlandiyani qo‘lga kiritish bo‘yicha Daniya qirolligi bilan kelishuvga erishilganidan keyin 5 kalendar kunidan kechiktirmay Prezident kelishuvni, shu jumladan barcha tegishli materiallar va ilovalarni Kongressning tegishli qo‘mitalariga yuboradi”, deyiladi xabarda.

Nashrga ko‘rsatilgan nusxaga ko‘ra, qonun loyihasi "Grenlandiyani yana buyuk qilish to‘g‘risidagi qonun", deb nomlangan.

"Amerikaning iqtisodiy va xavfsizlik manfaatlari endi orqa o‘rinda turmaydi", degan qonun loyihasini boshqarayotgan deputat Endi Ogles.

Uning fikricha, Jo Bayden so‘nggi to‘rt yil ichida Amerikaning obro‘-e’tiborini yo‘qqa chiqargan.

Ma’lumot uchun, AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Grenlandiyani sotib olishni birinchi marta 2019 yilda o‘zining birinchi muddatida taklif qilgan. So‘nggi haftalarda esa Tramp Grenlandiya, shuningdek, Panama kanali kabi boshqa ob’ektlarni qo‘lga kiritish haqida o‘z fikrini ilgari sura boshladi. Tramp o‘tgan hafta ikkalasini ham kuch bilan olishni istisno qilmasligini aytgan edi. Shundan so‘ng, Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen Grenlandiya Daniya qirolligi yoki Amerika Qo‘shma Shtatlariga tegishli bo‘lmasligi kerakligi haqida gapirgan.

https://www.youtube.com/watch?v=Jl4V091L5PA&t=39s

Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Grenlandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing