Tramp ma’muriyati G‘azodagi kelishuvning ikkinchi bosqichi bo‘yicha ish boshladi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Isroil va Falastinning HAMAS guruhi o‘rtasidagi kelishuvning ikkinchi bosqichi bo‘yicha harakat boshladi. Bu haqda “Politico” xabar berdi.

Qayd etilishicha, kelishuvning ikkinchi bosqichi qolgan garovga olinganlarni ozod qilish, doimiy o‘t ochishni to‘xtatish va Isroil qo‘shinlarini to‘liq olib chiqib ketishni nazarda tutadi.

“Bayden bizga qoldirgan narsa – bu oxirning boshlanishi emas, balki boshlanishining oxiri”, degan Tramp jamoasidagi ism-sharifi oshkor qilinmagan AQSH rasmiysi.

Nashrning yozishicha, AQSH Prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Maykl Uolts kecha, 21 yanvar kuni o‘z lavozimiga kirishgan Davlat kotibi Marko Rubio bilan bu masalani “darhol” ishlab chiqishga kirishgan.

Qolaversa, nashr Isroil va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirishni ham yangi ma’muriyatning Yaqin Sharq siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlaridan biri deb atagan.

G‘azo bo‘yicha kelishuvning birinchi bosqichi

19 yanvar kuni ertalab G‘azo sektorida 15 oydan ortiq davom etayotgan urushni to‘xtatishga qaratilgan olti haftalik sulh bir necha soatlik kechikishdan so‘ng Isroil va HAMAS o‘rtasida kuchga kirgan edi.

Sulh arafasida Netanyaxu, agar kelishuv muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, Isroil jangovar harakatlarni davom ettirishi va barcha maqsadlariga, jumladan, HAMASni yo‘q qilishiga erishishini ta’kidladi.

Bundan tashqari, Misr bilan chegaradagi Filadelfiya yo‘lagi bo‘ylab Isroil qo‘shinlari kontingenti qisqartirilmaydi, kengaytiriladi.

Sulhning birinchi bosqichi G‘azo sektorida hamon garovga olingan 98 kishidan 33 nafarini ozod qilishi kutilmoqda. Ular orasida: ikki bola, o‘n nafari ayol va 21 nafari erkak, shu jumladan besh nafar harbiy xizmatchi. Buning evaziga Isroil 2000 ga yaqin falastinlik mahbusni ozod qiladi: garovga olingan har bir fuqaro uchun 30 tadan va ayol askar uchun 50 tadan. Bu falastinlik mahbuslardan 737 nafari Isroil qamoqxonalarida, 1167 nafari esa Isroilning G‘azo sektoridagi quruqlikdagi amaliyoti chog‘ida hibsga olingani aytilmoqda.

Kelishuv kuchga kirganidan keyin yettinchi kuni garovga olingan yana to‘rt nafar fuqaro ozod etilishi kerak. 14, 21, 28 va 35-kunlarda uchta garovga olingan, oxirgi 14 kishi esa oxirgi haftada ozod qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Falastin Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing