Tramp Lukashenko yuzlab maxbuslarni ozod qilishiga ishonmoqda 

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Belarus yaqinda aksariyati siyosiy sabablarga ko‘ra hibsga olingan yuzlab mahbuslarni ozod qilishi mumkinligini aytdi. Bu haqda u kecha, 5 sentyabr kuni Oq uyning Oval kabinetida jurnalistlarning savollariga javoban ma’lum qildi.

Tramp yaqinda Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefonda gaplashganini aytdi. U 16 mahbusning yaqinda ozod etilganini “yaxshi ishora” deb atadi va “Lukashenko hurmatli inson va kuchli yetakchi” ekanini ta’kidladi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Belarusda turli mamlakatlardan borgan 1400 dan 1500 gacha odam hamon hibsda saqlanmoqda, ularning muhim qismi siyosiy mahbuslardir. AQSH Prezidenti bu odamlar yaqin orada ozod etilishiga ishonch bildirdi.

15 avgust kuni Tramp Lukashenko bilan “juda yaxshi” suhbatlashganini aytgandi.

“Qo‘ng‘iroqdan ko‘zlangan maqsad 16 mahbusning ozod etilgani uchun unga minnatdorlik bildirish edi. Shuningdek, biz yana 1300 mahbusni ozod qilish imkoniyatini muhokama qilmoqdamiz”, deb yozdi AQSH Prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

Shuningdek, 21 iyun kuni Aleksandr Lukashenko va AQSHning Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng Minsk turli mamlakatlar fuqarolari bo‘lgan 14 nafar mahbusni ozod qilishga qaror qilgani ma’lum bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Belarus' Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing