Tramp koronavirusga yangi nom o‘ylab topdi va baloga qoldi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp koronavirus uchun yangi nomni taklif qildi. Arizonada o‘tkazilgan salovoldi chiqishida u uni “Uxan” yoki “Kung-flyu” deb atashni taklif qildi.

“Men koronavirusga nom berishim mumkin – “Vuxan”, “Kung-flyu”. Ba’zilar buni "Xitoy grippi" deb atashadi”, dedi u.

“Kung-flyu” nomi Xitoy jang san’ati Kung-fudan va ingliz tilida flu – “gripp” degan ma’noni anglatuvchi so‘zdan olingan. Ushbu jumla infeksiya Xitoydan kelib chiqqan, degan ma’noni anglatadi.

Tramp qo‘shimcha qilishicha, COVID-19 nomi, ayniqsa, uning nomidagi raqam odamlar uchun tushunarsizdir. “Hech kim bu nimani anglatishini tushuntira olmaydi”, dedi u. Oq uy rahbari “Kung-flyu” jumlasini bir necha bor takrorladi. Bu esa uning tarafdorlarining kuchli kulgusiga sabab bo‘ldi.

Ammo internet foydalanuvchilari bu hazilni jiddiy qabul qilishdi. Tramp koronavirus haqida gapirar ekan, har gal Xitoyni unga bog‘lab gapirdi. Qo‘shma Shtatlardagi noroziliklar to‘lqini fonida bunday bayonotlar irqchilikning yana bir namoyishi sifatida qabul qilindi.

Bundan tashqari, Twitter foydalanuvchilari bayonotni ahmoqona deb baholab, Prezidentga “19”» nimani anglatishini tushunish uchun raqamlarni o‘rganishni yoki rasmli kitob sotib olishni masslahat berishdi. Amerikaliklar amaldagi Prezidentning AQSH saylovoldi kampaniyasi ularning xafsalasini pir qilayotganini ta’kidlashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp koronavirus

Baholaganlar

858

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing