Tramp Kongressning qarori ustidan sudga murojaat qildi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarining sobiq Prezidenti Donald Tramp sudga murojaat qilib, uni Kapitoliyga (u yerda AQSH Kongressining qarorgohi joylashgan) hujum ishi bo‘yicha Kongressning Vakillar palatasining maxsus qo‘mitasi oldida guvohlik berishga majburlovchi chaqiruv qog‘ozini bekor qilishni talab qildi. Bu haqdagi tegishli hujjat kecha, 11 noyabr kuni Florida janubiy okrugi federal sudining bazasida e’lon qilingan.

Trampning advokati Devid Uorrington qo‘zg‘atgan da’voda aytilishicha, Kongressning uzoq yillik pretsedenti va hokimiyatlar bo‘linishi amaliyotiga ko‘ra, prezidentdan guvohlik talab qilish taqiqlangan.

Da’vo arizasida qayd etilishicha, Tramp ushbu bahsni qo‘mita bilan hal qilishga urinib ko‘rgan, biroq muvaffaqiyatsizlikka uchragan, shuning uchun sudga borishga majbur bo‘lgan.

Joriy yilning 21 oktyabr kuni AQSH Kongressi Vakillar palatasining 2021 yilning 6 yanvarida Kapitoliyga bostirib kirishini tekshirayotgan maxsus qo‘mitasi Trampga hujjatlarni topshirish va qonunchilarning ushbu voqealar bo‘yicha savollariga javob berishini talab qilib, chaqiruv qog‘ozi yuborgan. Qonunchilar Trampdan shu yilning 14 noyabr kuni guvohlik berishni talab qilgan.

Sobiq Prezidentning da’vosini ko‘rib chiqishning sanasi hali aniq belgilanmagan. Hujjatda aytilishicha, Tramp Kongress oldida guvohlik berishga chaqirilishidan mutlaq immunitetga ega va u buni 14 noyabr kuni Kongressga kelmasligi uchun asos sifatida ishlatishi mumkin. 

Trampning himoyachilari AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri, Kapitoliyga bostirib kirish ishini tergov qilish bo‘yicha qo‘mita a’zolari hamda Kongressning butun Vakillar palatasiga sudga chaqiruv qog‘ozi yuborishni talab qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

96

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing