Tramp xorijlik amaldorlarga pora berishni qonuniylashtirdi
Olam
−
11 fevral 6140 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Amerika kompaniyalariga boshqa mamlakatlardagi amaldorlar va siyosatchilarga pora berishni taqiqlovchi qonunning ijrosini to‘xtatib turishni buyurdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.
Kecha, 10 fevral kuni Oq uy rahbari AQSH Adliya departamentini 1977 yildan beri amalda bo‘lgan “Xorijiy korrupsiya amaliyoti to‘g‘risida”gi qonunni qo‘llamaslik majburiyatini yuklovchi farmoyishni imzolagan va uning amalga oshirilishi amerikalik biznesning xorijdagi raqobatbardoshligini pasaytirishini aytgan.
Trampning fikricha, pora berishdan qo‘rqib, amerikalik bizneslar noqulay ahvolga tushib qolgan va boshqa mamlakatlardagi xorijiy raqobatchilarga yutqazmoqda.
“Bu Amerika uchun ko‘proq biznesni anglatadi”, dedi Tramp Oval kabinetda buyruqni imzolar ekan.
Buyruq matnida bu qonun AQSH manfaatlariga zarar yetkazishi aytilgan.
“Donald Tramp prezident sifatidagi birinchi muddatida ham mazkur qonunni bekor qilmoqchi edi”, deya qayd etadi “Reuters”.
U prezident Jimmi Karter davrida qabul qilingan qonunni “dahshatli” deb atagan va uni amalga oshirayotgani uchun amerikaliklarning ustidan “butun dunyo kulish”ini aytgan.
Shu bilan birga, Tramp bosh prokuror Pam Bondiga qonun bilan bog‘liq joriy va o‘tgan harakatlarni ko‘rib chiqish va uni amalga oshirish bo‘yicha yangi tavsiyalar tayyorlashni topshirdi.
Live
Barchasi