Tramp xorijiy davlatning yadroviy imkoniyatlari haqidagi hujjatlarni saqlagan– OAV
Olam
−
07 Sentabr 2022
5610AQSHning sobiq Prezidenti Donald Trampning Mar-a Largo mulkida tintuv o‘tkazilganda xorijiy davlatlarning yadroviy salohiyatiga oid hujjatlar topildi. Bu “Washington Post” xabar berdi.
FQB xodimlari tintuv paytida xorijiy hukumatning harbiy mudofaasini, jumladan, yadroviy imkoniyatlarini tavsiflovchi hujjatlarni topgaan, deydi vaziyatdan xabardor manbalar.
Hisobotga ko‘ra, topilgan ba’zi materiallarda Amerikaning o‘ta maxfiy operatsiyalari shu qadar batafsil tasvirlanganki, hatto yuqori martabali milliy xavfsizlik amaldorlari ham ularni ko‘rmagan va bu ma’lumotlardan faqat Prezident va ma’muriyat amaldorlarining cheklangan doirasi foydalanishi mumkin.
Xabarda aytilishicha, 8 avgust kuni tintuv chog‘ida agentlar xorijiy davlatning yadroviy tayyorgarligi to‘g‘risidagi hujjatlarni topgan. Gazeta manbalari gap qaysi davlat haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan.
Trampning Floridadagi Mar-a-Largo mulkiga avgust oyi boshida rasmiy materiallardan noqonuniy foydalanish, o‘g‘irlash va yo‘q qilish ishi doirasida reyd o‘tkazilgan edi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari turli maxfiylik darajasidagi, jumladan eng yuqori maxfiylik muhri ostidagi hujjatlarni olib qo‘ydi. Tramp avvalroq yadro quroliga oid maxfiy hujjatlarga ega ekanligi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytgan edi.
LiveBarchasi