Tramp Xitoyni AQSH prezidentlik saylovlariga aralashganlikda aybladi 

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Xitoyni Amerika saylovlariga aralashishda yana bir bor aybladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Tramp 16 iyul kuni respublikachilar noyabr oyidagi Kongress saylovlariga tayyorlanayotgan bir paytda saylov tizimi va uning boshqarilishi haqidagi tanqidlarini yana takrorlagan. U asosiy e’tiborni Xitoyga qaratib, Pekin millionlab amerikalik saylovchilar haqidagi ma’lumotlarni noqonuniy tarzda qo‘lga kiritganini iddao qilgan. Bu ayblovni Xitoy avval ham rad etgandi.

Manbaga ko‘ra, mazkur bayonot Vashingtonda ikki oydan so‘ng o‘tkazilishi rejalashtirilgan sammit arafasida Tramp va Xitoy rahbari Si Szinpin o‘rtasidagi nozik munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

“Bu ma’lumotlarning yo‘qotilishi saylov xavfsizligi uchun misli ko‘rilmagan tahdiddir”, degan Tramp.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bu bayonot yuzasidan hozircha izoh bermagan. Undan avval Xitoyning Vashingtondagi elchixonasi vakili Lyu Chan Pekin “hech qachon AQSH prezidentlik saylovlariga aralashmagan va bunday qilmaydi”, degan edi.

Tramp Si Szinpin bilan shaxsiy munosabatlari yaxshi ekanini ko‘p bor ta’kidlab kelgan bo‘lsa-da, bu safar Xitoyga nisbatan shaxsiy noroziligini ham yashirmadi.

“Xitoy hukumati keyingi saylovda AQSH Prezidenti mag‘lub bo‘lishini istagan. Ular mening yutqazishimni xohlashdi, chunki men ularning niyatlarini yaxshi bilardim”, degan u.

Praym-taymda qilingan ushbu murojaat Trampning so‘nggi vaqtlarda Pekin haqida aytgan nisbatan yumshoq fikrlaridan keskin farq qildi. Kuzatuvchilarning fikricha, bu chiqish dunyoning ikki yirik iqtisodiyoti o‘rtasida o‘tgan yiligi savdo urushi to‘xtatilganidan keyin erishilgan murosaga ham putur yetkazishi mumkin.

Oq uy ham Trampning bayonoti AQSH–Xitoy munosabatlariga qanday ta’sir qilishi haqida izoh bermagan.

Pekindagi dastlabki baholashlardan xabardor manbaning so‘zlariga ko‘ra, Trampning nutqi tashqi siyosatni o‘zgartirishdan ko‘ra, ichki siyosiy maqsadlarga xizmat qilish uchun mo‘ljallangan.

Shuningdek, Trampning 25 daqiqalik nutqida Xitoyga qarshi yangi jazo choralarini qo‘llashga chaqiriq bo‘lmagani ham Pekinning munosabatini yumshatishi mumkin.

Bu Trampning Xitoyni saylovlarga aralashishda birinchi marta ayblashi emas. U bundan avval ham 2020 yilgi prezidentlik saylovlari soxtalashtirilgani haqidagi isbotlanmagan da’volarini asoslash uchun shunday ayblovlarni bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp joriy yilning 13–15 may kunlari Xitoyga davlat tashrifi bilan borgan edi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing